20:28 / 22.05.2020
4 417

Prezident Marhamat tumani hokimini ishdan oldi."Qolgan sektorlar rahbarlari ham ishdan ketadi"

Prezident Marhamat tumani hokimini ishdan oldi."Qolgan sektorlar rahbarlari ham ishdan ketadi"
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Andijonda viloyat va tumanlar hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Marhamatga tashrifi vaqtida hokim ishdan olingani haqida ma’lum qilgan.

«Kecha Marhamat tumanining hokimini ishdan oldim. Qolgan sektorlar rahbarlari ham ishdan ketadi.
Menga kun o‘tsa bo‘ldi deb yuradigan hokimlar kerak emas. Menga taklif beradigan hokimlar kerak, izlanish qiladigan rahbarlar kerak
», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

Yig‘ilish davomida prezident rahbarlarning tajribasiga qarab emas, yosh bo‘lsa-da ishiga qarab baho berilishini ta’kidlagan.
Tuman rahbari ishdan olinsa, to‘rtta sektor rahbari ishdan olinishini, viloyat hokimlari bilan ham shunday bo‘lishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun: 2009-2017 yillarda viloyatning Jalaquduq tumanini boshqargan Shuhratbek Qamchiyev 2017 yil avgustida Xursandbek Sultonov o‘rniga Marhamat tumani hokimi etib tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Marhamat tumani hokimini ishdan oldi."Qolgan sektorlar rahbarlari ham ishdan ketadi"