14:22 / 25.05.2020
2 715

O‘zbekistonlik ikki bojxonachida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari soni 3180 taga yetdi

O‘zbekistonlik ikki bojxonachida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari soni 3180 taga yetdi
O‘zbekistonda 25 may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 kishiga ko‘payib, 3180 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog‘istonda aniqlanib, ulardan 3 nafari xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 nafari chegara bojxona posti xodimi.

5 nafari esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirgan. 1 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yana 1 nafar Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2565 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 602 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davo choralari ko‘rilmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik ikki bojxonachida koronavirus aniqlandi. Kasallanish holatlari soni 3180 taga yetdi