17:30 / 25.05.2020
2 992

"Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi

"Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi
Joriy yil 24 may kuni respublika “Ipoteka - bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Bank binosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari uchrab turganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan, yana bir bor, karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya’ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralarini ko‘rishni va sanitariya qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Ipoteka bank" xodimida koronavirus aniqlandi