19:39 / 25.05.2020
2 826

Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga o‘zgartishlar kiritildi

Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga o‘zgartishlar kiritildi
“O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (320-son, 22.05.2020 y.).

Prezidentning PF-5984-sonFarmoni bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bo‘yicha qator yangi tartibotlar belgilangan edi.
Shunga ko‘ra, Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, propiska qilish tartibiga oid amaldagi nizom 2020 yil 1 sentabrga qadar amal qiladi (nizomning 66-67-bandlari mazkur qaror e’lon qilingan kundan kuchini yo‘qotadi).

O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi (2020 yil 1 sentabrdan kuchga kiradi)

Unga ko‘ra, fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 15 kun ichida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari shart (hozir 10 kun muddatda).

DXMlar va YAIDXP orqali ro‘yxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Doimiy ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi MvaFRBga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

Fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.

Murojaat qilingan kunning o‘zida fuqaroning pasportiga avvalgi doimiy ro‘yxatini bekor qilinganligi to‘g‘risida shtamp bosiladi va fuqaroning xohishiga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi.

Ya’ni, ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish uchun 1 kun talab etiladi (hozirda 3 kun).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga o‘zgartishlar kiritildi