19:03 / 25.05.2020
2 457

MIB: Ramazon hayit bayrami arafasida mehr va quvonch ulashildi

MIB: Ramazon hayit bayrami arafasida mehr va quvonch ulashildi
Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi bo‘lgan muborak Ramazon oyida, hayit bayrami arafasida Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, yakka-yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar xondonlariga tashrif buyurib, oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi tuhfa etishmoqda.

M.Abdujabborova Namangan tumanining Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Bugun erta tongda Byuroning Namangan tumani bo‘limi davlat ijrochilarining xonadonga yo‘qlovi oila a’zolarining quvonchiga quvonch ulashdi. Bo‘lim xodimlari oila a’zolarini kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etib,15 turdagi zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami tuhfa etildi.

- Bugungiday tinch va osoyishta mamlakatimizda biz kabi ehtiyojmand oilalar doimo e’tiborda ekanligimizdan ko‘ngilimiz to‘q, deydi M.Abdujabborova. Bayram arafasida xomiylar tomonidan xolimizdan xabar olinayotgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Asosiysi, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan 15 ta xonadonga tashrif buyurilib, bayram bilan tabriklashdi. Oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovg‘alar taqdim etildi.

Byuroning viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bunday xayrli tadbirlar keng quloch yoyib, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar bayram tuhfasi bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Ramazon hayit bayrami arafasida mehr va quvonch ulashildi