12:57 / 26.05.2020
3 156

Qamchiq dovonida Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashdi

Qamchiq dovonida Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashdi
Foto: FVV
Qamchiq dovonidan 25 may kuni ikkita yuk mashinasi va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 268-kilometrida yuz bergan YTH haqida Qamchiq maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga soat 08:25 larda xabar kelib tushgan. Toshkentdan vodiy tomon harakatlangan HOWO yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas’ning orqasidan kelib, to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv tufayli Damas o‘zidan oldinda to‘xtab turgan MAN yuk mashinasiga urilgan.

Foto: FVV
Oqibatda Damas’ning haydovchisi Yu.N. hamda ushbu avtoulovdagi yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

YTHda jabrlangan fuqarolarni o‘z vaqtida qutqarish uchun boshqarma tezkor navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va qutqaruvchilar tomonidan ularga birinchi hamda psixologik yordamlar ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashdi