21:45 / 27.05.2020
2 004

Niqob tufayli toshmalar yuzaga kelganda nima qilish kerak?

Niqob tufayli toshmalar yuzaga kelganda nima qilish kerak?
O‘zbekistonda 23 martdan boshlab tibbiy niqobsiz harakatlanish taqiqlandi. 25 mart kuni soat 6:00dan boshlab jamoat joylarida ushbu tartibni buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (223 ming so‘m) miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa — BHMning uch barobari (669 ming so‘m) miqdorida jarima qo‘llanilishi belgilandi. Cheklov mana ikki oyki amalda qolmoqda.

Niqoblarga moslashish kerak va ehtimol bu uzoq davom etadi. Respirator himoya vositalaridan foydalanish «yangi odatiylikning» bir qismiga aylanishi allaqachon taxmin qilinmoqda.

Albatta, hamma ham bundan mamnun emas. Ko‘pchilik terining niqob ostida qichishishi, tirnalish hissi va toshmalar paydo bo‘lishidan shikoyat qilmoqda.

Niqobning teriga ta’siri qanday?
Agar uni bir yoki ikki soat davomida taqilsa – deyarli hech qanday. Ammo uzoqroq himoyalanishga to‘g‘ri kelsa, nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Britaniyaning Haddersfild universiteti tadqiqotchilari ularning ro‘yxatini tuzishdi.

Mexanik tirnash xususiyati
Niqob yuzga mahkam o‘rnashishi kerak. Bu terini siqishini anglatadi. Agar himoya niqobi bir necha soat kiyilsa, qon aylanishi buziladi. Teri ozuqa yetishmasligidan aziyat chekadi, terisi ko‘cha boshlaydi.

Yana bir tomoni – niqob yuzni shiladi, qadoq qilib qo‘yadi. Shu sababli, yog‘ bezlari ishi faollashadi. Epidermis yog‘ga to‘ladi, nafas oluvchi teshiklari ortiqcha teri yog‘i bilan to‘lib qoladi, bu esa aknelar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Terlash
Niqob ostida yuz tez-tez terlaydi. Yuqori namlik mikroblarning ko‘payishi uchun mukammal sharoitni hosil qiladi. Ular doimiy ishqalanish tufayli terida paydo bo‘ladigan eng kichik yoriqlarga osongina kirib boradi. Shu orqali yallig‘lanish paydo bo‘ladi.

Allergik reaksiyalar
Bir martalik dorixona niqoblari gipoallergen materiallardan tayyorlangan. Sintetik matodan tayyorlangan niqobning allergik reaksiya (kontakt dermatit) keltirib chiqarishi tayin.

Teri ko‘chishi, tirnalish hissi, qichishish niqobni efir moyiga namlab olinganda ham yuzaga kelishi mumkin. Yoki niqobni teringizga mos bo‘lmagan vosita orqali yuvganingizda shu kabi muammoga duch kelasiz.

Kimdir tom ma’noda niqobni oqartiruvchi moddaga shimdirib, quritib va shu orqali uni Covid-19’dan to‘liq himoyaladim deb o‘ylab yuziga taqmoqda. Ammo unday emas: endi qichishish kuzatiladi va kun davomida oqartiruvchi modda bilan nafas olasiz.
Niqob ostida toshma paydo bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Yuzingizni yaxshilab yuving
Ayniqsa, niqob kiyishni rejalashtirishdan oldin. Teri qanchalik toza bo‘lsa, unda yallig‘lanishni keltirib chiqaruvchi mikroblar paydo bo‘lishi xavfi shuncha kamayadi.

Kun oxirida niqobni yechganingizdan so‘ng ter va to‘plangan kirni yo‘qotish uchun yuzingizni yana yuvishingiz kerak. Eng yumshoq gipoallergen sovun, ko‘pik yoki geldan foydalaning.

Yuvinishdan keyin namlantiruvchi vositadan foydalaning
Yengil namlantiruvchi yoki gel terini zichroq va qattiqroq qiladi, teri ko‘chishini kamaytirishga yordam beradi.

Niqobni taqishdan avval yuzingizga himoya kremi suring
Terini parvarishlash bo‘yicha britaniyalik mutaxassislar maslahatlariga ko‘ra, kundagi birinchi niqobni kiyishdan yarim soat avval himoya kremini surib olish kerak. Niqobni yangilashda qayta krem surish shart emas.

Yuzaga kelgan yallig‘lanishni SOS-vositalar orqali davolang
Akneni davolash vositalari har qanday dorixonada mavjud. Bundan tashqari, toshmani spirtsiz antiseptik bilan artish mumkin, masalan xlorgeksidin bilan. Bu terining infeksiyani tezroq yengishiga imkon beradi.

Agar niqob terini ishqalagan bo‘lsa, shikastlangan joyga yangilovchi kremni qo‘llang. U ham dorixonalarda mavjud.
SOS-vositasini ishlatishdan oldin yaxshilab yuvining va yuzingizni yumshoq sochiq bilan arting. Yuzaga namlantiruvchi krem surish mumkin.

Niqobni muntazam ravishda o‘zgartiring
Ideal holda, u nafas olish tufayli namlanib qolishi bilan (odatda bu 2-3 soatda kuzatiladi): shunda mikroblar ko‘payishga ulgurmaydi.
Kun davomida niqobni almashtirish uchun o‘zingiz bilan bir nechtasini olib boring.

Agar bir necha martalik niqobni ma’qul ko‘rsangiz, to‘g‘ri mato tanlang
Teriga zarar bermaslik uchun material quyidagicha bo‘lishi kerak:
- Havo o‘tkazuvchi. Shunda yuz kamroq terlaydi.
- Yumshoq. Bu mexanik shikastlanish xavfini kamaytiradi.
Paxta ipli mato, nozik paxta yoki mikrofibra mos keladi.

Bir necha martalik niqobni har foydalanishdan so‘ng yuving
Qaynoq suvda, gipoallergen vositadan foydalangan holda yuving. Qurigandan so‘ng dazmollash ixtiyoriy.

Niqobga antiseptiklar, efir moylari va boshqa vositalar bilan qo‘shimcha ishlov berishning hojati yo‘q: bu foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Niqob tufayli toshmalar yuzaga kelganda nima qilish kerak?