22:08 / 27.05.2020
2 143

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3355taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3355taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 22 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 27 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3355 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent shahrida, yana 4 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari karantin markazida, qolgan 11 nafari ham karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Jami kasallanganlarning 16 nafari xorijdan kirib kelgan fuqarolarda, qolgan 6 nafari esa yurtimizda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 65ta yangi holat aniqlandi, 23 kishi kasallikdan sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2659 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda jami 682 bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3355taga yetdi