11:00 / 30.05.2020
2 170

Rasmiy munosabat: Murojaatchiga amaliy yordam berilgan

Rasmiy munosabat: Murojaatchiga amaliy yordam berilgan
Joriy yilning 28 may kuni internetning “Daryo.uz” saytida Kitob tumanida yashovchi fuqaro Hamza Qosimov MIB xodimlarining mas’uliyatsizligi sababli Rossiya davlatiga chiqib ketolmaganligi haqida xabar joylashtirilgan.

Qayd etish kerakki, mazkur xolat muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganilgan.
Xususan, fuqaro Qosimov Hamza Axmatovichga nisbatan sobiq Sud departamenti sud ijrochilarining Kitob tuman bo‘limi tomonidan 13.06.2011 yilda aliment undirish to‘g‘risidagi sud hujjati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga nisbatan taqiq qo‘yilgan.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan qaytadan Bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan Majburiy ijro byurosining Kitob tuman bo‘limiga sobiq Sud departamenti tuman bo‘limi tomonidan H.Qosimov bilan bog‘liq hujjatlar topshirilmagan va qoldiqda unga nisbatan ijro hujjati mavjud emasligi aniqlangan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa shakllarda (og‘zaki, yozma) fuqarolarga O‘zbekiston hududidan chiqayotganlarida taqiq qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini hududiy bo‘limlardan yoki “mib.uz” sayti orqali tekshirib ko‘rishlari haqida muntazam ravishda tushuntirish berib kelinmoqda hamda taqiqlarni yechish masalasidagi har bitta murojaat qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilmoqda.

Fuqaro H.Qosimov 2020 yilning 13 mart kuni o‘ziga nisbatan chetga chiqish huquqiga taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirmasdan Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketmoqchi bo‘lganida, aeroportda chetga chiqish huquqi cheklangani aytilganidan so‘ng, Byuroning Kitob tuman bo‘limiga murojaat qilgan va 14.03.2020 yilda unga qo‘yilgan taqiq amaliy yordam ko‘rsatilgan holda to‘liq bekor qilinishi ta’minlangan.

H.Qosimov chipta pullarini undirish masalasida tegishli tartibda chipta sotgan tashkilotga yoki sudga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.
Eslatma: Chetga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarimiz, ularga nisbatan chetga chiqish huquqlariga taqiq bor yoki yo‘qligini, fuqarolik pasporti ma’lumotlarini kiritgan holda “mib.uz” sayti orqali mustaqil ravishda tekshirib ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.

Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasmiy munosabat: Murojaatchiga amaliy yordam berilgan