11:41 / 30.05.2020
3 354

Viloyatlararo avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yo‘q

Viloyatlararo avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yo‘q
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti e’lon qilindi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, «yashil» hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi.

Bunda:
  • avtobuslarda haydovchi va yo‘lovchilar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi;
  • avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda harakatlanadi;
  • avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi;
  • avtobuslarda harakatlanayotgan yo‘lovchilarning reyslar kesimidagi ro‘yxati (bazasi) yuritiladi.

Shuningdek, shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

Quyidagilar joriy yilning 1 sentabriga qadar uzaytirildi:
  • xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan viza muddatlari;
  • muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati.

Bundan avvalroq, respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, «yashil» hududlarda sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari faoliyatiga ruxsat berilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Viloyatlararo avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yo‘q