18:50 / 30.05.2020
2 335

Aholi gavjum joylarda karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun ko‘ngilli guruhlar tuziladi

Aholi gavjum joylarda karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun ko‘ngilli guruhlar tuziladi
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilindi.

Qaror bilan shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan ko‘ngilli guruhlar tuzish topshirildi.

Shuningdek, Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika bo‘ylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholi gavjum joylarda karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish uchun ko‘ngilli guruhlar tuziladi