20:05 / 30.05.2020
2 502

Payariqda koronavirus yuqtirganlarning aksari shifokorlar ekani ma’lum bo‘ldi

Payariqda koronavirus yuqtirganlarning aksari shifokorlar ekani ma’lum bo‘ldi
Foto: Payariq tumani hokimligi
Samarqand viloyatining «qizil» hududlari qatoriga kiritilgan Payariq tumanida koronavirus yuqtirganlar haqida ma’lumot berildi. Tuman hokimligining telegram-kanalida Covid-19 yuqtirgan fuqarolar haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, tumanda 28 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 11 nafari tibbiyot xodimlari. Shuningdek, payariqliklar orasida 4 nafardan uy bekasi va nafaqaxo‘r, 3 nafar mavsumiy ishchi, 2 nafar maktab o‘quvchisi, 1 nafardan tadbirkor, haydovchi, IIB xodimi va tuman gaz ta’minoti idorasi xodimi koronavirus yuqtirib olgan.

«Yuqoridagi holatdan kelib chiqib barcha fuqorolarimizni qonunlarga itoatkorlikni oshirishga, bir yoqadan bosh chiqarib, bu baloning oqibatini rivojlangan davlatlardagi holatlardan anglab, xulosa qilishga chaqiramiz», deyilgan Payariq tuman hokimligi bayonotida.

Ma’lumot uchun, Payariq tumani Samarqand shahri, Toyloq, Urgut, Past Darg‘om, Oqdaryo, Ishtixon va Samarqand tumanlari bilan bir qatorda viloyatning «qizil» hududlaridan bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Payariqda koronavirus yuqtirganlarning aksari shifokorlar ekani ma’lum bo‘ldi