09:57 / 31.05.2020
3 139

O‘zbekistonda bir kunda 2600 dan ortiq fuqaro karantinga olindi

O‘zbekistonda bir kunda 2600 dan ortiq fuqaro karantinga olindi
O‘zbekistonda 30 may, shanba kuni 2646 kishi karantinga olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Ma’lum qilishlaricha, 30 may kuni O‘zbekiston bo‘yicha 1379 nafar fuqaro uy karantiniga olingan, ayni vaqtda 698 nafar fuqaro uy karantinidan chiqarilgan.

«Statsionar karantinga esa 1267 nafar fuqaro olingan bo‘lib, 1479 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi», — deyiladi SSV matbuot kotibi e’lon qilgan axborotda.

Avvalroq O‘zbekistonda 30 may kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 58 ta holat qayd etilgani, ularning 21 tasi aholi orasida aniqlangani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 30 may soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni jami 3546 taga yetgan, bemorlarning 2783 nafari (78 foizi) sog‘ayib bo‘lgan, 749 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 14 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bir kunda 2600 dan ortiq fuqaro karantinga olindi