15:20 / 31.05.2020
2 436

Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgizib yuborib 6 yoshli bolani urib yubordi

Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgizib yuborib 6 yoshli bolani urib yubordi
Foto: YHXBB
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 30 may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 30 may kuni soat 19:30 larda «Ravalliq» MFYdagi Gulshan ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1959 yilda tug‘ilgan T.N. ismli erkak «Gaz-69» rusumli transport vositasida stol-stullarni shu ko‘chadagi yashovchi N.Z.ning xonadoniga olib kelgan va mashinani qarovsiz qoldirgan.

Foto: YHXBB
Birga kelgan tanishi, 2005 yilda tug‘ilgan S.E. ismli o‘g‘il bola avtomobilni o‘zboshimchalik bilan haydamoqchi bo‘lib, yurgizib yuborishi natijasida voyaga yetmagan piyoda, shu uyning oldida o‘ynab yurgan, 2014 yilda tug‘ilgan B.X.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Foto: YHXBB
6 yoshli o‘g‘il bola og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 15 yoshli bola qarovsiz qoldirilgan mashinani yurgizib yuborib 6 yoshli bolani urib yubordi