18:33 / 31.05.2020
7 596

Qirg‘iziston bilan chegarada mojaro kelib chiqdi. DXX vaziyat bo‘yicha axborot berdi

Qirg‘iziston bilan chegarada mojaro kelib chiqdi. DXX vaziyat bo‘yicha axborot berdi
31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan. Ikki qishloq aholisi buloq o‘ziga tegishli ekanini da’vo qila boshlagan.

Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara simto‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin.

DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ushbu hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahalliy ma’muriyatlarining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashgan.

«Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda», deyiladi DXX Chegara qo‘shinlari xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘iziston bilan chegarada mojaro kelib chiqdi. DXX vaziyat bo‘yicha axborot berdi