21:38 / 31.05.2020
2 636

Qashqadaryoda «Kombi» 13 yoshli bolani urib yuborib kanalga ag‘darildi

Qashqadaryoda «Kombi» 13 yoshli bolani urib yuborib kanalga ag‘darildi
Foto: YHXBB
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan bola vafot etdi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa 30 may kuni soat 19:50 larda «Nurafshon» MFY hududidan o‘tuvchi 4K-319 Tanxoz—Yakkabog‘—Esat—Qozoq avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yuz bergan. 2001 yilda tug‘ilgan B.R. ismli yigit «Kombi-Moskvich-Ij» rusumli transport vositasini Yakkabog‘ shahri yo‘nalishi tomon boshqarib borayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2007 yilda tug‘ilgan G‘.T.ni urib yuborgan. So‘ng mashina yo‘lning chap tomonidagi kanalga ag‘darilgan.

Foto: YHXBB
YTHda og‘ir tan jarohatlari olgan 13 yoshli o‘g‘il bola shifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YHXBB barcha haydovchilardan piyodalarga e’tiborli bo‘lishni, piyodalardan belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tmaslikni, barcha yo‘l harakati qatnashchilari yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini so‘rab qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda «Kombi» 13 yoshli bolani urib yuborib kanalga ag‘darildi