23:26 / 31.05.2020
3 399

Navoiy va Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

Navoiy va Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 40 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi. O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3600dan oshdi.
«2020 yil 31 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin muassasalarida, 2 nafari Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan karantindagi fuqarolar orasida tasdiqlandi.

Bugun jami 77ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 54 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2837 nafarni tashkil qilmoqda.
Shifoxonalarda 771 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy va Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlandi