5 051
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro: Abdulla Aripov Kubatbek Boronov bilan uchrashadi
Foto: Akipress
Qirg‘iziston bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov Botken viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni hukumat apparatining axborot ta’minoti bo‘limi ma’lum qildi, deb yozmoqda kaktus.media.
Aniqlik kiritilishicha, Boronov Botken viloyatining Qadamjoy tumaniga yetib borgan. U O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazadi va u bilan ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida ro‘y bergan mojaroni muhokama qiladi.
Shuningdek, Boronov huquqni muhofaza qilish organlari va mahalliy hokimiyat vakillari bilan tezkor uchrashuv o‘tkazadi.
Bugungi kunda, hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyatga yechim topildi. Rasmiylar xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Tegishli organlar mahalliy aholi bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan. Ikki qishloq aholisi buloq o‘ziga tegishli ekanini da’vo qila boshlagan.
Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara simto‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi