12:19 / 01.06.2020
2 097

MIB faoliyatidan: karantin vaqtidagi huquqbuzarlik 36 mln. so‘mga tushdi

MIB faoliyatidan: karantin  vaqtidagi huquqbuzarlik 36 mln. so‘mga tushdi
Majburiy ijro byurosining Olot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Olot tumani “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini “Bayot” qishlog‘ida yashovchi X.Shukrullayev xonadonida elektr hisoblagichni chetlab o‘tib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirincha ravishda ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida ta’minotchi korxona manfaatlariga 36 mln. 383,9 ming so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Yashirin ulanmaga elektr tarmog‘iga un ishlab chiqarish uskunasi (tegirmon)lariga tegishli 2 dona 3 kVt.li, 1 dona 4 kVt.li, 1 dona 1,1 kVt.li hamda 2 dona 11 kVt.li elektr dvigatellarni, 2 dona 0,54 kVt.li muzlatgich, 1 dona 1,5 kVt.li elektr duxovka, 1 dona 1 kVt.li elektr choynak, 1 dona 1,1 kVt.li konditsioner va boshqa elektr jihozlari ulab foydalanganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida X.Shukrullayevga qonun talabi tushuntirilib, yetkazilgan 36,3 mln. so‘mlik zarar ixtiyoriy qoplanganligi munosabati bilan to‘plangan hujjatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: karantin vaqtidagi huquqbuzarlik 36 mln. so‘mga tushdi