13:00 / 01.06.2020
2 581

Boysunda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “sex” aniqlandi

Boysunda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “sex” aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Boysun tuman bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan tumandagi “Mustaqillik” maxallasida faoliyat ko‘rsatayotgan “gips” ishlab chiqarish sexida o‘tkazilgan tekshirishda, jamiyat tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzib sexda o‘rnatilgan toka transformatorlarining ikkilamchi zanjir simlarini uzib qo‘yilib, elektr hisoblagichni elektr energiyasidan ajratilgan holda elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Byuroning Boysun tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli tartibda elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi va elektr energiyasi iste’molchilarini tarmoqdan uzish haqida dalolatnomalar rasmiylashtirilib, elektr energiyasi tarmoqdan uzilgan.

Mutaxassislarning bergan xulosalariga ko‘ra, ushbu gips ishlab chiqarish sexining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida Surxondaryo HETK AJga jami 25 mln. 887 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan bo‘lib, hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Boysunda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “sex” aniqlandi