23:14 / 01.06.2020
3 617

Mashhur brendlar ostida kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan shaxs fosh etildi

Mashhur brendlar ostida kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan shaxs fosh etildi
Yurtimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va qulay raqobatdosh muhitni yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, tadbirkorlarning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanib, imkoniyatlar ko‘lami tobora kengaymoqda.

Ammo oramizda berilayotgan imtiyozlar va yengilliklarga qaramay, noqonuniy tarzda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham yo‘q emas.

Toshkent viloyat davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan karantin davrida ham belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlar davomida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga tushuntirishlar berilyapti.

Jumladan, 2020 yil 22 may kuni Zangiota tumani, Qatortol hududi, O‘ratepa maxallasi 1-tor raqamsiz uyda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilganda, fuqaro E.R. hech qanday hujjatlarsiz belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “kir yuvish kukunlari qadoqlash va sotish” faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, undan 8 turdagi, jami summasi 47 430 000 so‘mlik tovar-moddiy boyliklari hamda savdodan tushgan 500 000 so‘m savdo pullari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Ta’kidlash joiz, viloyatdagi turli savdo komplekslarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarning davlat ro‘yxatidan qay tartibda o‘tishlari, yuridik shaxs yoki YATT tashkil etishlari lozimligi haqida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Shuni unutmaslik kerakki, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning huquq va manfaatlari qonun himoyasida. Noqonuniy tarzda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan uddaburon “tadbirkorlar” esa qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashhur brendlar ostida kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarayotgan shaxs fosh etildi