07:00 / 02.06.2020
2 405

Payariq tumani – "qizil" hudud. Ammo avtomobillar yashirin yo‘ldan qatnamoqda (video)

Payariq tumani – "qizil" hudud. Ammo avtomobillar yashirin yo‘ldan qatnamoqda (video)
Payariq tumani hozirda “qizil” hudud bo‘lib, kuchli karantin tartibi joriy etilgan. Shu sababli kiruvchi va chiquvchi yo‘llar yopib quyilgan. Shunga qaramasdan payariqliklar Jomboy tumani bilan chegaradosh "Dauchar" qishlog‘idagi tor yo‘ldan karantin tartibini buzgan holda tinimsiz qatnashmoqda. Hozirda bu yo‘l nazoratga olinmagan, deb xabar bermoqda "Yosh jurnalistlar" maktabi o‘quvchisi Tolmasjon Toshboltayev.

Mahalliy aholi esa bundan norozi bo‘lmoqda. "O‘z uyingni o‘zing asra" deb bekorga aytishmagan. Karantin qilindimi, hamma unga buysunishga majbur.

Ushbu videolavhada ko‘rib turganingizdek chekka qishloqdagi avtomobil yo‘lida hech qanday post qo‘yilmagan. Bu yerda 30 daqiqa ichida 10 ta avtomashina o‘tib ketganini ko‘rdik.

Mana, nima uchun aholi orasida kasallik ko‘paymoqda. Aholi vakilarining havotirida ham jon bor. Mutasaddilar, albatta, ushbu holatga e’tibor qaratadi degan umiddamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Payariq tumani – "qizil" hudud. Ammo avtomobillar yashirin yo‘ldan qatnamoqda (video)