13:30 / 02.06.2020
3 043

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
  • zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila – muqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;
  • nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
  • nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashish;
  • mashg‘ulotlar, nazariy-amaliy kurslar, mahorat saboqlari, davra suhbatlari, seminar-treninglarni ilg‘or ijobiy xorijiy tajribalarni inobatga olib, o‘quv jarayoniga eng so‘nggi ilmiy-uslubiy texnologiyalar va reklama-axborot usullarini joriy etgan holda tashkil etish;
  • turmush qurish oldidan Markazlarda o‘qitilgan yosh oilalarning holatini har tomonlama o‘rganish va monitoring natijalaridan kelib chiqib, o‘quvlarni yanada takomillashtirib muvofiqlashtirib borish.

Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larining “mahalla va oila” yo‘nalishining asosiy faoliyati turlaridan kelib chiquvchi tadbirlarga ajratiladigan qismi hisobidan moliyalashtiriladigan, qo‘shimcha bittadan shtat birligi – yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar markazlarning faoliyatini samarali tashkil etishga shaxsan mas’ul hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi