18:30 / 02.06.2020
2 564

Toshkentda toshbaqalarning O‘zbekistonga xos bo‘lmagan yangi turi topildi

Toshkentda toshbaqalarning O‘zbekistonga xos bo‘lmagan yangi turi topildi
Foto: Timur Abduraupov
Toshkentdan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali o‘rganilishi jarayonida kanalda yovvoyi holda yashab kelayotgan Amerika qizilquloqli botqoq toshbaqasi topildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshbaqa suvdan chiqib turgan daraxt tanasida oftobda toblanayotgan vaqtida qo‘mita huzuridagi atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti bioxilmaxillikni saqlash bo‘limi xodimi Fazlulloxon Agzamov tomonidan aniqlangan va Zoologiya instituti xodimi Timur Abduraupov tarafidan suratga olingan.

Ushbu turdagi toshbaqalarning shahrimiz suv havzalarida yashashi avvaldan taxmin qilingan va mahalliy baliqchilar tomonidan ko‘rilgan xam edi, ammo ma’lumot tasdiqlanmagan edi.

Qizilquloq toshbaqalar akvariumchilar orasida keng tarqalgan tur. Qizilquloq toshbaqa tez katta bo‘lganligi sababli odamlarning akvariumlariga sig‘may qoladi va fuqarolar o‘z toshbaqalarini ochiq suv xavzalariga qo‘yib yuboradilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda toshbaqalarning O‘zbekistonga xos bo‘lmagan yangi turi topildi