18:47 / 02.06.2020
3 047

Bu yil abituriyentlar hujjatni qanday topshirishadi?

Bu yil abituriyentlar hujjatni qanday topshirishadi?
Adliya vazirligi tomonidan shunga oid qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, abituriyentlar o‘tgan yili bo‘lgani kabi Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topshirish tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga DTM veb-sayti orqali onlayn hujjat topshirish imkonini yaratish taklif etilmoqda.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bu masalada bir qancha savollarni o‘rtaga tashlagan:

1) Bu o‘zgarish qachon kuchga kiradi? Qabul boshlanishiga atigi 13 kun vaqt qoldi axir. Loyiha esa 17 iyungacha muhokama bo‘lar ekan, hali tasdiqlangungacha yana bir 20 kun o‘tsa kerak. Yoki o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi rasmiy qarorda boshqa gap, amaliyotda boshqacha jarayon bo‘ladimi?

2) DTM sayti buncha katta bosimni ko‘tara oladimi? O‘tgan yillarda qabul komissiyalari DTM serverlari qotib qolayotganligi sababli, abituriyent ma’lumotlarini bazaga kirita olmayotganidan shikoyat qilishgan edi. Joriy yilda ham shunaqa bo‘lmaydimi?

3) O‘zi qabulga oid yangiliklar qachon rasman aniq bo‘ladi?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil abituriyentlar hujjatni qanday topshirishadi?