07:00 / 03.06.2020
534

Turizmni rivojlantirishning 23 imkoniyati

Turizmni rivojlantirishning 23 imkoniyati
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 28 maydagi «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni turizm sohasiga ko‘plab imkoniyat va ko‘mak berish masalalari hal etildi.

Farmonga asosan turizm hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash uchun, yuz minglab ish o‘rinlarini va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularni daromadlarini ushlab turish uchun quyidagi 23 ta yo‘nalishning tashkiliy va iqtisodiy manbalari belgilandi.

1. 2020 yil 1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yildi.

2. O‘zbekiston Respublikasiga fuqarolari kirishiga ruxsat beriladigan mamlakatlar ro‘yxati tuziladi.

3. Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari 2020 oxiriga qadar foyda solig‘ini yarmini (50 foiz) to‘laydi.

4. Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga 2020 va 2021 yil yakunlari bo‘yicha zararlarni cheklanmagan tarzda o‘tkazish huquqi berildi.

5. 2021 yil 1 yanvarga qadar turistik yig‘imlarni hisoblash va to‘lash to‘xtatildi.

6. Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imini 12 oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

7. Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiladi.

8. Turizm sohasidagi «startap» loyihalar, innovatsion biznes g‘oyalari, axborot dasturlari va xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.

9. Xorijiy oshxona, tematik ovqatlanish shoxobchalari hamda ovqat, oziq-ovqat mahsulotlari va suvenirlarni yetkazib berish xizmatlarini tashkil qilish loyihalari uchun 100 mln.so‘mgacha grantlar ajratiladi.

10. Yangi turizm mahsulotlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda targ‘ib qilish uchun gidlar uchun 5 mln.so‘m, turoperatorlar uchun 10 mln.so‘m miqdorida grantlar ajratiladi.

11. 2020 yil 1 martdan 1 iyungacha davr uchun joylashtirish vositalarini qurish uchun avval olingan kreditlarning foiz xarajatlari qoplab beriladi.

12. Joylashtirish vositalarini qurish uchun avval olingan kreditlar bo‘yicha 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davr uchun foiz xarajatlarining 10 foizlik punktgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

13. Turizm sohasi ob’ektlarini yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 10 foizlik punktgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

14. Turizm sohasi sub’ektlari tomonidan aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun olinadigan kreditlarning 10 foizlik punktgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

15. 2021 yil 31 dekabrga qadar mehmonxona xizmati narxining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

15. Turoperator va turagentlarga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turist uchun 15 AQSH dollari miqdorida rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi.

17. Kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun mamlakatimizda tur tashkil etilganda turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari narxining 30 foizi qisman subsidiyalanadi.

18. 2021 yil 1 iyunga qadar mehmonxonalarga toifa olish yoki oshirish uchun renovatsiya, rekonstruksiya hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun mehmonxonalarning toifasiga qarab har bir xona uchun 5 mln. so‘mdan 15 mln.so‘mgacha qismi qoplab beriladi.

19. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi texnikum va kollejlarga 2020 yilda barcha tinglovchilar davlat granti asosida qabul qilinadi.

20. Joylashtirish vositalarini qurish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlari 2020 yil 1 oktabrdan 18 oydan 24 oygacha uzaytiriladi.

21. Dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun jihozlar, texnikalar, ularni butlovchi va ehtiyot qismlari, aloqasiz boshqariladigan jihozlar, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

22. Turizm sohasi uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan 20 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

23. Turizm sohasidagi texnikumlar va kollejlarda 2020-2021 o‘quv yilida mutaxassislarni tayyorlash uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi.

Davlat tomonidan turizm sohasiga berilayotgan ko‘mak va imkoniyatlarning ijobiy samara berishiga va manzilliligi ta’minlanishiga ishonchimiz komil.

Baxtiyor Ruhitdinov, ​
OʼzLiDeP Siyosiy kengashi
Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)