11:21 / 03.06.2020
1 740

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: FVV
Joriy yilning 3 iyun kuni soat 01.08da Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani «Tong» mahallasi, Tuzel 2-dahasi 22A-uyda (12 qavatli uyning 8-qavatida) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01.15 atrofida yetib borib, soat 01-43 da yong‘in o‘chirilgan.

Foto: FVV
Yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar, qo‘shni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan, shuningdek, yong‘inning binodagi boshqa xonadonlarga o‘tib ketishi hamda undan ajralib chiqayotgan zaharli tutundan yuqori qavatlarda yashovchi aholi zaharlanishining oldini olish maqsadida, uydan 30 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi