13:03 / 03.06.2020
4 406

Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi

Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi
30 may kuni G.D. ismli ayol Yunusobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga F. ismli bir ayol 5000 dollar evaziga tug‘ishgan opasini o‘ldirishda yordam qilishini yoki shu ishni amalga oshiradigan shaxsni topishga ko‘maklashishini so‘raganini bildirgan. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 may soat 15:00 da Yunusobod tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida F. ismli ayolning noqonuniy qilmishlarini fosh etish maqsadida uning opasi (1967 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) Yunusoboddagi uyidan tuman IIBning ma’muriy binosiga olib kelingan. Shundan so‘ng G.D. qotillik buyurtmachisi bo‘lgan ayolga qo‘ng‘iroq qilib, ish bajarilganini va pullarni olib kelishini so‘ragan.

O‘z opasini o‘ldirish bo‘yicha buyurtma bajarilganligi evaziga 5000 dollar miqdoridagi pul mablag‘lari o‘rniga F. 2000 dollarga teng miqdoridagi tilla buyumlarini bergan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.ga nisbatan (1969 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, ishsiz) nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda singil o‘z opasini o‘ldirish uchun 5 ming dollarga qotil yolladi