Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Andijon tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlar F.U. va S.T.larning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Departament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tekshiruvda Andijon tuman DSI tahlil va prognozlash bo‘limi boshlig‘i J.Q. qonunbuzilish holatlarini sodir etgani aniqlangan.
«Xususan, bo‘limi boshlig‘i J.Q. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisob-raqamiga to‘langan deklaratsiya solig‘idan mavjud ortiqcha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan soxta xulosalarni tuzib, ushbu pul mablag‘lari hisobidan qarindoshi U.Q. va tuman DSI xodimi R.O.ning nomlariga ochilgan plastik kartalarga 236,2 mln so‘mni tushirib, shundan 129,5 mln so‘mini fuqarolarga qaytarib, qolgan 106,7 mln so‘mini ehtiyojlari uchun sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan», – deyiladi press-relizda.
Holat yuzasidan J.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi