16:20 / 03.06.2020
3 416

“Lasetti”si xatlangan ota aliment bo‘yicha to‘lamay kelayotgan qarzini to‘ladi

“Lasetti”si xatlangan ota aliment bo‘yicha to‘lamay kelayotgan qarzini to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 15.09.2015 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor A.Auyezovdan undiruvchi L.Baymuratovaning foydasiga uning tarbiyasidagi voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ miqdorida aliment undirishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va aliment pullari Byuroning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan undirib kelingan.

Lekin, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdor ota tomonidan aliment pullari belgilangandan ko‘ra har oyda kam to‘lanib kelingan va oqibatda qarzdorlik 7 mln. 220 ming so‘mdan oshib ketgan.

Shu bois, majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan “Lasetti” markali avtotransport vositasi xatlangan va natijada undiruvchining foydasiga belgilangan qarzdorlik to‘liq undirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lasetti”si xatlangan ota aliment bo‘yicha to‘lamay kelayotgan qarzini to‘ladi