16:54 / 03.06.2020
2 539

So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi

So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zA xabariga ko‘ra, 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlangan.

S.Sayidmusayev 1970 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

So‘x tumanining avvalgi hokimi podpolkovnik Farrux Usarov ham ichki ishlar organlaridan chiqqan. U 2015 yildan Quva tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, 2016 yil sentabrida Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jinoyatchilikning oldini olish bo‘limi boshlig‘iga aylangan. U 2019 yildan So‘x tumani hokimi sifatida ish boshlagan.

Qayd etish kerakki, Farrux Usarov «Chashma» bulog‘ida yuz bergan mojoralardan avvalroq lavozimidan bo‘shatilgan. 19 may kuni prezident ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgandi.

Xususan, Bo‘stonliq, Muborak, Yakkabog‘, To‘rtko‘l, So‘x tumanlari va Ohangaron shahri qatorida Marhamat tumanida ham tadbirkorlar tomonidan e’tirozlar ko‘pligi ma’lum bo‘lgani aytilgandi. Keyinchalik ushbu ro‘yxatdagi tumanlarning deyarli barchasida hokimlar ishdan olingan.

So‘x tumaniga 20 maydan moliya ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Mashrabjon Islomjonovich Sharipov vaqtincha hokim sifatida ishlab kelayotgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi