17:57 / 03.06.2020
2 487

Andijonda yangi kasallanish holati aniqlandi, O‘zbekistondagi holatlar soni 3800dan oshdi

Andijonda yangi kasallanish holati aniqlandi, O‘zbekistondagi holatlar soni 3800dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 46 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 3 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3815 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 55ta yangi zararlanish holati qayd etildi, respublikaning 4 hududidagi shifoxonalarda jami 106 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3014 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 786 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda yangi kasallanish holati aniqlandi, O‘zbekistondagi holatlar soni 3800dan oshdi