18:19 / 03.06.2020
2 342

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida 43 nafar, Samarqandda 10 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 3014 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi. Bugun mamlakatdagi shifoxonalarda jami 106 bemor tuzaldi.

Bugun poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning 6 nafari Namangan viloyatidan, 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari Xorazm viloyatidan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Rspublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

3-sonli tug‘ruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 1127 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1170 nafarga yetdi.

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 10 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ularning 4 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.

Bundan avvalroq Namanganda 4, Samarqandda 7, Navoiyda 42 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3014 nafarga yetdi.

Shifoxonalarda 740 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3 mingdan oshdi