18:39 / 03.06.2020
3 102

Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan holati videosi yuzasidan tushuntirish berildi

Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan holati videosi yuzasidan tushuntirish berildi
Video lavha yuzasidan holat o‘rganilib, unga ko‘ra, Zangiota tumani “Qizil” hududlar toifasiga kiritilganligi bois, aholini xavfsizligini ta’minlash va koronavirus pandemiyasi tarqalib ketishini oldini olish maqsadida tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga muntazam targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Shu munosabat bilan tumandagi mavjud bozor va savdo komplekslari ogohlantirilgan hamda hozirgi kunda ularning ish faoliyati to‘xtatilgan.

Shunga qaramasdan, Zangiota tumani, Eshonguzar hududi, katta xalqa yo‘li yoqasida karantin talablari va sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya etmasdan, hududda harakatlanayotgan transport vositalarining qatnoviga noqulaylik keltirib, noqonuniy ravishda savdo faoliyati bilan shug‘ullangan.

Belgilanmagan joylarda noqonuniy faoliyat yuritish natijasida sotuvchilar tomonidan o‘zlari va fuqarolar hayoti xavf ostiga qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi va ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Nazorat tadbiri davomida fuqarolardan jami 278 dona qiymati 3,0 mln.so‘mdan iborat bo‘lgan tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida olinib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Sud organlariga yuborilgan.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyun kuni o‘tkazilgan navbatdagi hamkorlik tadbirida ham yuz nafardan ortiq noqonuniy ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tuman ichki ishlar va soliq inspeksiyasi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, tartibsizlik keltirib chiqargan.

Fuqarolarning karantin davrida o‘rnatilgan tartibga qat’iy rioya etishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan holati videosi yuzasidan tushuntirish berildi