06:00 / 04.06.2020
2 299

Navoiyda qutqaruvchilar uyga kirib qolgan ilonni ushladi

Navoiyda qutqaruvchilar uyga kirib qolgan ilonni ushladi
Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati
Navoiy viloyati Karmana tumani «Bog‘ishamol» MFYdagi xonadonlardan biriga kirib qolgan ilon qutqaruvchilar tomonidan ushlandi, deb xabar beradi viloyati FVB matbuot xizmati.

Xonadon egasi R.A. ismli fuqaro Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, uyiga ilon kirib olganligini ma’lum qilgan.

Olingan xabar asosida boshqarma Yong‘in qutqaruv otryadi xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, ilonni tutib, xavfni bartaraf etgan.
Ta’kidlanishicha, ilon xavfsiz hududga qo‘yib yuborilgan.

Foto: Navoiy viloyati FVB matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda qutqaruvchilar uyga kirib qolgan ilonni ushladi