08:53 / 04.06.2020
2 684

Buyuk Britaniya elchisi: "Men Toshkentda jon deb velosiped uchardim, ammo..."

Buyuk Britaniya elchisi: "Men Toshkentda jon deb velosiped uchardim, ammo..."
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Torlot Tvitterdagi sahifasida 3 iyun – Jahon velosiped kuni bilan tabriklab, veliklarning ahamiyati hamda poytaxtimizdagi sharoit haqida yozib qoldirdi.

Velosport bu - juda yaxshi mashq, atrofimizdagi muhitga halaqit qilmaydi va dunyoni anglash uchun zo‘r usul. Men Toshkent shahrida jon deb velosiped uchardim, ammo shahar velosipedchilar uchun qulay emas. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston hukumati shaharning velik haydovchilar uchun yanada qulayroq bo‘lishi yo‘lida ko‘proq ishlar qilishini ko‘rishdan mamnun bo‘lardim”, deydi elchi.

Ma’lumot uchun: Turkmaniston 2018 yilda asos solingan Xalqaro velosiped kuni tashabbuskorlaridan hisoblanadi. Mamlakatda velosport davlat darajasida targ‘ib qilinadi. Bu tashabbus davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan.

Bugun sana munosabati bilan Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Velosiped monumenti ochildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buyuk Britaniya elchisi: "Men Toshkentda jon deb velosiped uchardim, ammo..."