16:00 / 04.06.2020
3 355

Xayriya bilan shug‘ullanayotgan Sardor Rahimxon Qo‘rg‘ontepaga keldi

Xayriya bilan shug‘ullanayotgan Sardor Rahimxon Qo‘rg‘ontepaga keldi
Yurtimizda bir qancha xayriya loyihalari tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi paytda ulardan eng ko‘p tilga olinib kelinayotganidan biri mashhur xonanda Sardor Rahimxon tashkil etgan «Yurak amri» loyihasidir.

Ushbu loyiha doirasida bir qancha oilalarga katta ko‘mak ko‘rsatilayotgani, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi asosiy mavzulardan biriga aylanib ulgurgan. Loyiha davomida yurtimizning turli nuqtalariga safar qilayotgan Sardor Rahimxon jamoasi bugun Qo‘rg‘ontepa tumaniga keldi.

Dastlab Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi Avazbek Ergashev, loyiha asoschisi Sardor Rahimxon bilan suhbatlashib, tumanda belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan xayriya harakatlari, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash ustida ko‘rilayotgan qator chora-tadbirlar bilan tanishtirib o‘tdi.

- Tumanimiz hududida olib borilayotgan ishlarga guvoh bo‘lgan mehmonlar, iliq taassurotlarini bayon etishdi va tumanimiz farovonligini mustahkamlashda hammaga kuch-g‘ayrat tilagan holda, ish rejalari bo‘yicha turli manzillar sari yo‘l olishdi, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayriya bilan shug‘ullanayotgan Sardor Rahimxon Qo‘rg‘ontepaga keldi