17:20 / 04.06.2020
2 130

Karantinda ham qarzdorlik undirildi

Karantinda ham qarzdorlik undirildi
Termiz shahar 8-son davlat notarial idorasining 05.11.2019 yildagi qarzdor M.Gaziyevadan undiruvchi R.Babayevaning foydasiga 30 million 324 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Termiz shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Bo‘lim tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor M.Gaziyevaning undiruvga qaratish mumkin bo‘lgan barcha mol-mulklarini qidirib topish va xatlovdan o‘tkazib band solish ishlari olib borildi.

Shuningdek, davlat ijrochisi qarzdor M.Gaziyevaga nisbatan olib borgan tushuntirish ishlaridan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, qarzlarini qaytarish zarurligini tushunib yetdi. Natijada, undiruvchi R.Babayevaga 22.05.2020 yilda ijro hujjatida ko‘rsatilgan barcha qarzdorliklarni to‘liq to‘lab berdi.

Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi tomonidan qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, ijro hujjati belgilangan tartibda tugatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda ham qarzdorlik undirildi