22:20 / 04.06.2020
3 449

Mahalladan nafaqa olish “shapka”siz bitmaydimi? yoxud qo‘lga tushgan mahalla raisi haqida

Mahalladan nafaqa olish “shapka”siz bitmaydimi? yoxud qo‘lga tushgan mahalla raisi haqida
T.Asadov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan), 1963 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tavallud topgan, 3 nafar farzandning otasi, Xatirchi tuman “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlab kelgan, yana 3 yil halol mehnat qilganida hurmat e’tibor bilan pensiyaga chiqardi, biroq, T.Asadovning nafsi bunga yo‘l qo‘ymadi.

T.Asadov 2019 yilning may oyidan Xatirchi tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, ayni bir paytda mahallada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya raisi lavozimida ishlab kelib, o‘zini-o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi hisoblanib, fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etish, kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek, tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshirish, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar berilganligidan foydalanib, shu mahallada yashovchi fuqaro Q.Shokirov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) 2 yoshga to‘lmagan farzandiga nafaqa puli tayinlash to‘g‘risida murojaat qilganida, 350.000 so‘m pulni “pora” tariqasida bergan taqdirda, unga nafaqa pulini tayinlash mumkinligi ma’lum qiladi.

Fuqaro Q.Shokirov o‘zi nafaqa puliga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, mahalla raisining ta’magirligi oshib tushadi, natijada Q.Shokirov mahalla raisining harakatiga chek qo‘yish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishga ahd qilib, uning murojaati asosida 2020 yil 6 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Asadov Xatirchi tuman pochta aloqa tarmog‘i binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan 350.000 so‘m pullarni ta’magirlik yo‘li bilan Q.Shokirovdan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

T.Asadovning jinoyat ishi 2020 yil 6 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sudda T.Asadov, Q.Shokirovdan 350.000 so‘m pullarni olib, 2020 yil yanvar oyidan boshlab nafaqa puli tayinlab bermoqchi bo‘lganini tan oldi.

Sud tomonidan T.Asadovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llanib, 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan 1 yil 6 oyga mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalladan nafaqa olish “shapka”siz bitmaydimi? yoxud qo‘lga tushgan mahalla raisi haqida