23:53 / 04.06.2020
3 299

Bugun 100ga yaqin kishi koronavirus yuqtirdi. Bir qanchasi aholi orasidan chiqdi

Bugun 100ga yaqin kishi koronavirus yuqtirdi. Bir qanchasi aholi orasidan chiqdi
Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 96 nafar bemorning 81 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avval xabar qilinganidek, bugun 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 64 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda 5 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3939 nafar bemordan 3087 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 836 nafar bemordan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 429 209 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 380 843 nafari karantindan chiqarilgan.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 26 567 nafar, statsionar karantinda esa 21 799 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun 100ga yaqin kishi koronavirus yuqtirdi. Bir qanchasi aholi orasidan chiqdi