07:00 / 05.06.2020
2 128

Qibrayda yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda

Qibrayda yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda
Toshkent viloyatining Qibray tumanida yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda. Loyiha qiymati 10 mln dollar bo‘lib, 100 foiz filippinlik investor tomonidan moliyalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Rustam Xolmatov 4 iyun kuni korxona qurilishi bilan tanishdi.

“Mazkur qo‘shma korxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Loyihaning xorijiy investori – Filippinning “LIWAYWAY LTD GROUP” korxonasi hisoblanadi. Korxona loyihasi Filippinda ishlab chiqilgan bo‘lib, u “Nilem Proekt Stroy” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalariga moslashtirilgan.

10 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya evaziga bunyod etilayotgan loyiha uchun Qibray tumani hokimi qarori bilan 1,3 gektar yer ajratilgan, bu yerda 4700 kv.metr qurilish osti binolari hamda 2500 kv.m yangi binolar (ofis va yotoqxona) qurilishi rejalashtirilgan.

Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushganida 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Birinchi bosqichda, ya’ni 2020 yilda 50 ta ish o‘rni yaratiladi”, deydi Qibray tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Habibulla Sa’dullayev.

Qayd etilishicha, korxonada yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Yiliga kamida 1 mln dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan korxona shu yilning sentabrida faoliyat boshlashi kutilmoqda.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatovning topshirig‘iga binoan korxonani belgilangan muddatda ishga tushirishga ulgurish uchun ishlar ikki smenada tashkil etiladigan bo‘ldi. Qurilish karantin talablariga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi qat’iy ta’kidlandi”, deydi Habibulla Sa’dullayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda