09:27 / 05.06.2020
2 713

Farg‘onada telefon orqali uchrashuvga chaqirib, ayolga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi

Farg‘onada telefon orqali uchrashuvga chaqirib, ayolga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi
2020 yilning 31 may kuni noma’lum shaxs soat 10:00da avval telefon orqali tanishgan 37 yoshli Z.T. bilan uchrashish uchun Farg‘ona viloyati Yaypan shahar markaziga kelib, go‘yoki o‘zining yashash uyini Z.T.ga ko‘rsatishini aytib, xilvat joyga olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs qo‘llari bilan Z.T.ning tanasiga urib, qulog‘idagi bahosi 2.100.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan sirg‘alarini ochiqdan-ochiq olib qo‘ygan va hodisa joyidan yashiringan.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 27 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, Z.T.ga tegishli 2 dona tilla sirg‘alar o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada telefon orqali uchrashuvga chaqirib, ayolga nisbatan talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi