09:55 / 05.06.2020
2 770

O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi

O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi
«Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratish to‘g‘risida»gi farmoyishi loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga asosan «Agro kompleks Karakalpakstan» O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun:

Taxtako‘pir tumanidagi «Qaraoy» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida umumiy maydoni 114,4 gektar shundan: 91,6 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari, 11,4 gektar bo‘z yerlar, 7,6 gektar suv osti yerlari, 0,8 gektar yo‘llar va 3 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari;

Taxtako‘pir tumanidagi «Qaraoy» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan chorva mollari uchun ozuqa bazasini ta’minlash maqsadida umumiy maydoni 488,8 gektar shundan: 338,6 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari, 12,1 gektar bo‘z yerlar, 49,9 yaylov yer, 58,8 gektar suv osti yerlari, 19,4 gektar yo‘llar va 10 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari;

Taxtako‘pir tumanidagi zaxira yer maydonlaridan qo‘ychilikni rivojlantirish maqsadida umumiy maydoni 996,47 gektar shundan: 845,87 gektar yaylov yer, 136,22 gektar suv osti yerlari, 12,89 gektar yo‘llar va 1,49 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratib beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda yer uchastkalarini «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida shartnomasini rasmiylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga ajratilgan yer maydoni bo‘yicha atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi «Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish maqsadida ijara huquqi asosida foydalanish uchun berilayotgan sug‘oriladigan ekin yerlar va bo‘z yerlar maydonlaridan faqat chorva mollari uchun ozuqa bazasi sifatida foydalanilishi va boshqa ob’ektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.

«Agro kompleks Karakalpakstan» qo‘shma korxonasi ijaraga berilgan yerni ijara muddati tugagandan so‘ng foydalanish mumkin bo‘lgan holga keltirib, Taxtako‘pir tumani zaxira yerlariga qaytarib berishni ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasiga chorvachilikni rivojlantirish uchun yer ajratiladi