Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarurat bo‘lmasa chetga bormay turishni tavsiya qildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov dunyo davlatlari toifalarga bo‘linib, aviaqatnovlar tiklanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Hozirgi kunda Transport vazirligi bilan xamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda davlatlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish va bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash borasida o‘rganib chiqib takliflar tayyorlanmoqda, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan yakuniy xulosalar qilinadi. Bu to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.
Shuningdek, davlatlarning epidemiyaga qarshi tadbirlarni darajasi hamda fuqarolarning himoyalanish choralariga e’tibor qaratiladi.
Umuman, bugun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, zaruriyat bo‘lmasa chetga bormay turish ma’qul bo‘ladi», dedi Botir Qurbonov.
Brifingda 15 iyundan karantin tadbirlari to‘liq tugashi ehtimoli haqidagi savolga ham javob berildi.
«Karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat cho‘zilishi bu koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni e’tiborga olgan holda belgilanadi. Agarda kasallik bo‘yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o‘sish sur’ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu barchamizga bog‘liq jarayon, agarda profilaktik tadbirlar, karantin qoidalari, alohidalanish va ijtimoiy masofani saqlash talablariga to‘liq rioya qilsak, yaqin kunlarda karantin tadbirlari bekor qilinishi mumkin», dedi Qurbonov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?