20:00 / 05.06.2020
2 930

Toshkent va Namanganda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi

Toshkent va Namanganda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 22 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 5 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3987 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Toshkent shahridan (8 nafari aholi orasida, 4 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari xorijdan kelgan), 2 nafari Sirdaryo viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan), qolgan 2 nafari karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida qayd etilgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha jami 48ta yangi holat qayd etildi, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3227 nafarga yetdi. Hozirda shifoxonalarda 744 bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Namanganda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi