09:08 / 06.06.2020
2 489

Toshkentda 5 ming AQSH dollarini noqonuniy sotayotgan «valyutchik» qo‘lga tushdi

Toshkentda 5 ming AQSH dollarini noqonuniy sotayotgan «valyutchik» qo‘lga tushdi
Toshkent shahrida 5 ming 600 AQSH dollarini 57 million so‘mga noqonuniy ravishda pullayotgan valyutafurush qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida, IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.M. noqonuniy daromad orttirish maqsadida xaridor B.ga 5 ming 600 AQSH dollarini 57,1 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 5 ming AQSH dollarini noqonuniy sotayotgan «valyutchik» qo‘lga tushdi