14:00 / 06.06.2020
2 455

«Xalqaro aviareyslar yaqin orada qayta tiklanadi» - Aziz Abduhakimov

«Xalqaro aviareyslar yaqin orada qayta tiklanadi» - Aziz Abduhakimov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Jarayonlarni Farg‘onadan turib yoritayotgan Kun.uz muxbiri tashrifda qatnashayotgan bir nechta vazir va tashkilot rahbarlari bilan intervyu uyushtirmoqda.

Kecha, 5 iyun kuni Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov pandemiya va uning turizmga ta’siri hamda sohani qayta tiklash masalalari bo‘yicha Kun.uz muxbiri savollariga javob berdi.

Abduhakimovning aytishicha, O‘zbekiston hukumati asta sekinlik bilan xalqaro aviareyslarni yo‘lga qo‘yish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Biz bunga katta tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Xalqaro aviareyslar yaqin orada ochiladi. Mana, Yaponiya, Yevropaning ayrim mamlakatlari xalqaro reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Turkiya ham ochilish arafasida. Ko‘rdilaringiz, 8 iyundan avtobuslar ham yo‘lovchi tashishni boshlaydi. Boshqa turdagi jamoat transportlari ham yaqin orada yo‘lga tushadi.

Biz shuningdek, turizmni rivojlantirish va uni avvalga sur’atlariga qaytarish maqsadida O‘zbekistonga keladigan har bir sayyohga 15 AQSH dollaridan to‘lab beradigan bo‘ldik. Bu shunday bo‘ladiki, bitta samolyotda o‘rtacha 200 nafar sayyoh keladigan bo‘lsa, ularning jami 3000 AQSH dollari miqdoridagi xarajatini to‘lab beryapmiz.. Mehmonxonalarda xarajatlarning 10 foizini, yil oxirigacha esa transport xarajatlarining 30 foizini ham qoplab beramiz, ya’ni davlat tomonidan subsidiya beriladi
», - deydi Abduhakimov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston «qizil», «sariq» va «yashil» aviareyslarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Murakkab epidemiologik vaziyat kuzatilayotgan davlatlardan faqatgina «qizil» reyslar tashkil etiladi. Ular faqat o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun bo‘ladi. Epidemiologik xavf o‘rtacha darajada bo‘lgan davlatlardan «sariq» reyslar tashkil etiladi. Barcha yo‘lovchilar karantinga olinadi. «Yashil» reyslar esa koronavirus bilan bog‘liq vaziyat to‘liq nazoratga olingan davlatlardan amalga oshiriladi.

Bosh vazir o‘rinbosari bilan intervyuni to‘liq holda yaqin soatlarda o‘qishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Xalqaro aviareyslar yaqin orada qayta tiklanadi» - Aziz Abduhakimov