15:22 / 06.06.2020
3 741

Qizim eshik ochadi... (Ibratli hikoya)

Qizim eshik ochadi... (Ibratli hikoya)
Kelin-kuyov turmush qurganlarining birinchi kunida eshikni hech kimga ochmaslikka qaror qilishdi.

Birinchi bo‘lib kuyovning ota-onasi yosh oilani ko‘rishga keldi. Kelin-kuyov bir-biriga qaradi, kuyov eshikni ochishni istadi, lekin qarorlari tufayli shashtidan qaytdi. Shunday qilib, ota-ona ko‘p kutmay qaytib ketishdi.

O‘sha kuni biroz vaqtdan keyin kelinning oilasi keldi. Kelin-kuyov bir-biriga termuldi. Kelin ko‘zida yosh bilan “bunday qilolmayman“, deb eshikni ochdi. Kuyov hech nima demadi...

Yillar o‘tib er-xotin birin-ketin to‘rt o‘g‘il ko‘rishdi. Keyin to‘rt o‘g‘il ortidan qiz farzand dunyoga keldi. Ota yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun katta tantana o‘tkazishni istadi va hamma tanishlarini taklif qildi. Xotini eridan nima uchun 4 o‘g‘liga bunday tantana o‘tkazmay, bu safar bunday qilganini so‘radi.

Er o‘ychan nigoh bilan shunday javob berdi:
— Chunki qizim menga eshik ochadi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qizim eshik ochadi... (Ibratli hikoya)