18:10 / 06.06.2020
2 152

MIB: Byuro nafaqat aliment undiradi, oilalarni ham yarashtirmoqda

MIB: Byuro nafaqat aliment undiradi, oilalarni ham yarashtirmoqda
I.Sayitboyev Namangan shahrining Uchqun mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Turmush o‘rtog‘i S.Muradova bilan arzimas sabab ajrashib ketishgan edi. 1 nafar voyaga yetmagan farzandi turmush o‘rtog‘i bilan qolgan va fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yildagi qaroriga asosan har oyda topgan daromadidan aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olingan. Bo‘lim tomonidan ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment mablag‘lari o‘z vaqtida undirib berilmoqda. Kuni kecha davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan navbatdagi targ‘ibot samara berib ushbu oila yarashishga ahd qilishdi. Mahalla faollari ishtirokida ushbu oila yarashtirildi.

Umuman olganda, Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan hokimlik, davlat va nodavlat tashkilotlar, keng jamoatchilik ishtirokida har bir mahallalarda karantin davrida ham belgilangan sanitariya talablari asosida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Unda oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etish, ajrashishlarning oldini olish, ajrashish yoqasida turgan oilalarni yarashtirish masalalari alohida ustuvor qilib olingan.

Natijada, karantin davrning o‘zida 10 dan ortiq ana shunday oilalarni yarashtirib, xonadonlarga quvonch ulashildi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Byuro nafaqat aliment undiradi, oilalarni ham yarashtirmoqda