16:32 / 06.06.2020
3 160

Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin — Toshkent shahar IIBB

Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin —  Toshkent shahar IIBB
Avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan yolg‘iz haydovchi harakat davomida tibbiy niqobsiz yurishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri Toshkent shahar IIBB axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bunday vaziyatda avtotransport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, u harakatni to‘xtatgan payti tibbiy niqobni taqishi lozim.

O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etilayotgandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘lgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yolg‘iz haydovchi mashinada tibbiy niqobsiz harakatlanishi mumkin — Toshkent shahar IIBB